“HAKIM TERMIZIY TA'LIMOTIDA MA'RIFAT VA QALBNING MAQOMLARI”

“HAKIM TERMIZIY TA'LIMOTIDA MA'RIFAT VA QALBNING MAQOMLARI”

TAKLIFNOMA

Sizni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 2021 yil 8 iyun kuni soat 11-00 da “Hakim Termiziy ta’limotida ma’rifat va qalbining maqomlari” mavzusida o‘tkaziladigan onlayn seminarga taklif etamiz.

Seminarda Hakim Termiziy ijodining yirik tadqiqotchisi, Prof. Dr. İbrahim IŞITAN ishtirok etadi. Seminar erkin muloqot va mutaxassis bilan savol-javob tarzida o‘tadi.

 

 

SEMINARDA QUYIDAGI MASALALAR MUHOKAMA QILINADI:

  Hakim Termiziyning turli islomiy ilmlari, jumladan kalom ilmi borasida, xususan, Imom Moturidiy va moturidiyya maktabi bilan aloqasi va Movarounnahr miqyosida tutgan o‘rni;

 Hakim Termiziyning ko‘plab islomiy ilmlari asoschisi sifatida Islom tarixidagi ahamiyati;

  Hakim Termiziy ta’limotida qalb, ma’rifat va boshqa tasavvufiy masalalar;

 Alloma ijodini o‘rganish istiqbollari.

 

Turkiyaning Saljuq universiteti Islom ilmlari fakulteti professori doktor İbrahim IŞITAN tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi Hakim Termiziy merosini tadqiq etish bilan bog‘liq.

Professor doktor İbrahim IŞITAN 2010-2017 yillarda Karabuk univesiteti ilohiyot fakultetida dotsent va 2017-yildan hozirgi kunga qadar Saljuq universiteti Islom ilmlari fakulteti professori sifatida faoliyat yuritmoqda.

Professor Ibrahim IŞITAN Hakim Termiziy ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha bir qancha kitoblar va ilmiy maqolalar chop etgan.