06.09.2021

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida yangi o’quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Tadqiqot markazida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu shiorni o’zida mujassam etgan “Mustaqillik darsi”da Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori  Sh.Umarov bu yil ushbu markazning talabasi bo’lishdek baxtga erishgan o’quvchilarni samimiy qutladi. 

http://t.me/Imom_Termiziy

Shuningdek,  istiqlol yillarida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, mustaqillik bergan imkoniyatlarning ahamiyati jumladan, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining faoliyati haqida o’quvchilarga  batafsil ma’lumotlar berildi.

http://t.me/Imom_Termiziy

   Dars jarayonida ilm odoblari, ilm olish va uning fazilatlari haqida ham  so’z yuritilib, bu yo’lning nafaqat mashaqqatli balki sharafli yo’l ekanligi ham ta’kidlandi va  atroflicha tushunchalar berildi.

http://t.me/Imom_Termiziy

Izoh qoldirish