13.09.2021

Kun hadisi

"Sunani Termiziy"

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ‏ رَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ ذُكِرْتُ عِنْدَهُ فَلَمْ يُصَلِّ عَلَىَّ وَرَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ دَخَلَ عَلَيْهِ رَمَضَانُ ثُمَّ انْسَلَخَ قَبْلَ أَنْ يُغْفَرَ لَهُ وَرَغِمَ أَنْفُ رَجُلٍ أَدْرَكَ عِنْدَهُ أَبَوَاهُ الْكِبَرَ فَلَمْ يُدْخِلاَهُ الْجَنَّةَ.

Аbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Men oldida zikr qilinganimda menga salovot aytmagan odamning burni yerga ishqalsin. Unga Ramazon kelib ketsayu, magʼfirat qilinmay qolgan odamning burni yerga ishqalsin. Ota-onasini katta yoshdagi holda topsa ham, ikkilari uni jannatga kiritmagan odamning burni yerga ishqalsin”, dedilar”.

Imom Termiziy rivoyat qilganlar.

Izoh qoldirish

Izohlar