09.08.2021

HADISSHUNOSLIK BO'LIMI


 

 

                                                                   

Markazning Hadisshunoslik bo'limi jahon miqyosdagi hadisshunoslik ilmi tarixi, rivojlanish bosqichlari, unga tegishli ilmlar va ularning boshqa ilmlar bilan aloqasini tadqiq etish kabi ustuvor vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Bugungi kunda hadisshunoslik yo'nalishida Imom Termiziyning “Kitob al-ilal” (2017), “Sunani Termiziy” asarining ikki jildi (2017), “Termizning bezavol qal'alari yoxud Termiz tarixi” (2017),  “Imom Abu Iso Termiziy: hayoti va ijodi sahifalari” (2019) va “Movarounnahr va Xuroson olimlarining hadis ilmi rivojida tutgan o'rni: Al-Buxoriy, Muslim va At-Termiziy” (2020) kabi kitoblar nashr etildi.
Ayni kunlarda esa Abu Iso Termiziyning “al-Jome' as-sunan” asarining 10 jildlik moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan akademik tarjima va sharhi, Abu Ja'far Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Termiziyning tafsirga oid asari, hadis ilmi tarixini yoritishda muhim qo'llanma bo'lgan yirik tadqiqot, zamonaviy tadqiqotchi Akrom Ziyo Umariyning “Buhus fiy sunnatil musharrafa” (Ulug' sunnat tarixi haqida tadqiqotlar) nomli yirik asarlar tarjimasi ustida ishlar olib borilmoqda.

Izoh qoldirish

Izohlar