17.02.2023

"Giyohvandlik va ichkilikbozlikning zararlari" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi

Termiz davlat universiteti akademik litseyida "Giyohvandlik va ichkilikbozlikning zararlari" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Sarvar Saidov ishtirok etib, giyohvandlik va ichkilikbozlikning ijtimoiy zararlari, shaxs va oila hayotidagi salbiy oqibatlari haqida ma'ruza qildi. Qur'oni karim oyatlari va Hadisi shariflar orqali ushbu illatlardan saqlanish zaruriyatiga to'xtalib o'tildi.

Izoh qoldirish