17.02.2023

«Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

# Terrorizmga qarshi kurash

Termiz Pedagogika institutning Axborot-resurs markazi o‘quv zalida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan Talaba-yoshlar ishtirokida «Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati» mavzusida  davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta mutaxassisi Ilyos Suyunov,  Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning Surxondaryo viloyati Hududiy boshqarmasi Termiz shahri  bo‘yicha bosh mutaxassisi Farruh Abdumannotov, Imom Termiziy Xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ARM bo‘limi boshlig‘i ilmiy xodim Faxriddin Xudoynazarovlar mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi. Tadbir yakunida  talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga  mutaxassislar izohli ma’lumotlar asosida  javob berib o‘tishdi.

Izoh qoldirish