07.06.2023

Doktorlik dissertatsiyasi muvoffaqiyatli himoya qilindi

#Yangiliklar

2023-yil 6-iyun kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Jamahmatov Karomiddin Aynillo oʻgʻlining 10.00.05– Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik adabiyoti) ixtisosligi boʻyicha  “Hoji Muhammad Shahdiy devonining tarkibi va badiiyati"  mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.

Qizgʻin muhokamalarga boy oʻtgan himoya yakunida markaz direktor oʻrinbosari Jamahmatov Karomiddin Aynillo oʻgʻlining dissertatsiyasi Ilmiy kengash aʼzolari tomonidan ijobiy baholandi.

Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Izoh qoldirish