AXBOROT-RESURS MARKAZI
Markazning qo'lyozmalar fondida ajdodlarimiz merosiga oid 200 ga yaqin qo'lyozma va toshbosma asarlar, 500 ga yaqin qo'lyozma asarlarning elektron nusxalari va 1000 ga yaqin davriy nashrdagi kitoblar mavjud.
Shuningdek, “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan 14 ta, “O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi” tomonidan 480 ta, “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi” Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti tomonidan 18 ta, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 22 ta, “Hilol-Nashr” nashriyot-matbaasi tomonidan 33 ta kitob Markazga beg'araz yordam sifatida taqdim etildi.
Shuningdek, Markaz O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi va O'zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi “Movarounnahr” nashriyoti homiyligi orqali 500dan ortiq kitob bilan ta'minlandi.
Bugungi kunda Markaz o'z kutubxona fondini jahon tillaridagi, xususan, arab, ingliz, turk va fors tillaridagi adabiyotlar bilan boyitishni o'z oldiga maqsad qilgan.
Markaz tomonidan Turkiyaning Burdur shahridan olib kelingan Hakim Termiziyning noyob tafsirga oid asari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan Turkiyaning Ismoil Soib kutubxonasidan olib kelinib, Markazga taqdimga etilgan Hakim Termiziyning 10 ta qo'lyozmasining elektron nusxasi ham Markaz manbalar xazinasining durdonalaridandir.
Izoh qoldirish