TA'LIM MUASSASIDA AXBOROT SOATI TASHKIL ETILDI
Shiddat bilan rivojlanib, ildamlab borayotgan zamon nafasini, qolaversa yurtimizda kechayotgan muhim o'zgarishlar va yangiliklarni o'sib kelayotgan yosh avlod vakillariga yetkazish va ularni har jabhada yetuk, sog'lom fikrli qilib tarbiyalash maqsadida ta’lim muassasalarida axborot soatlari doimiy tashkil etilib kelinmoqda.
Bugun Imom Termiziy o’rta maxsus islom muassasasining talabalariga ham axborot soati o`tkazildi. Ushbu ma’rifiy uchrashuvda ta’lim muassasi direktori Shukurillo Umarov jahon miqyosida hamda mamlakatimizda hafta davomidagi yangiliklar va muhim xabarlar to`g`rsida fikrlar bildirdi. Xususan, mamlakatimiz tarixidagi muhim jarayon, ya'ni o’tkazilishi kutilayotgan saylov jarayoni haqida alohida to`xtalib o`tdi.
Izoh qoldirish