27.05.2024

MARKAZGA NUFUZLI OLIMLAR TASHRIF BYURDI

2024 yilning 27-may kuni Ispaniyadagi Kardoba islom tadqiqotlari akademiyasi olimlari Abdulvohid ibn Amirbaxsh Madaniy, Muhammad Abu Bakr Doniyol Britaniy, Shayx Muhammad Umayr ibn Zulfiqor Britaniy boshchiligidagi mehmonlar Imom Termiziy xalqaror ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni markaz direktori o‘rinbosari,  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jamahmatov Karomiddin, markaz katta ilmiy xodimi Jo'rabek Cho'tmatov kutib oldi.
️Dastlab xorijlik mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi. 
Tashrif mobaynida “Kardoba” akademiyasi delegatsiyasi bilan Markazning ilmiy xodimlari va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Surxondaryo mintaqaviy filiali tinglovchilari bilan ilmiy suhbat boʻlib oʻtdi.
Tadbir yakunida mehmonlarga Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan kitob va risolalar to‘plami sovg‘a qilindi.

Izoh qoldirish