29.05.2024

NUFUZLI XALQARO ANJUMANDA MOVAROUNNAHRLIK OLIMLAR ETIROF ETILDI

Bugun 2024-yil 28-may kuni Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan “Movarounnahrdan Onado‘liga: hadis an’anasi va muhaddislar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning 2-ish kuni oflayn hamda onlayn tarzda olib borildi.

Anjumanda islomshunos olimlar dastur doirasidagi ma’ruzalari bilan qatnashib, zamonaviy islomshunoslikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

Xalqaro konferensiya yakunida Movarounnahr va Onado‘li zaminidan yetishib chiqqan muhaddis olimlarning asarlaridagi insonparvarlik g‘oyalarini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish va ushbu mavzuda xalqaro konferensiya va seminarlarni muntazam o‘tkazib borish kabi masalalar to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Izoh qoldirish