29.05.2024

O‘ZBEKISTONLIK OLIMLAR TURKIYANING MILLAT KUTUBXONASIGA TASHRIF BUYURISHDI

Bugun O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiya Millat kutubxonasi direktori professor Ayhon Tug‘li bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiyadagi kutubxonalar bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borish, chop etilgan kitoblar va risolalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Millat kutubxonasidagi “O‘zbekiston burchagi” ni sohaga oid ilmiy asarlar bilan boyitish maqsadida kitoblar bilan muntazam ta’minlab borish to‘g‘risida kelishib olindi.

Shuningdek, tashrif jarayonida Millat kutubxonasida ajratilgan “O‘zbekiston burchagi” ko‘zdan kechirildi hamda kutubxona faoliyati va unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

 

 

 

Izoh qoldirish