30.05.2024

MANFAATLI SUHBAT BOʻLDI

Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyaning Hoji Bayram Vali universiteti rektori, professor Mehmet Naji Bostanji bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda universitet  rektori, professor Mehmet Naji Bostanji bugungi kunda Turkiya va O‘zbekiston olimlarining islomiy ilmlarni o‘rganishdagi jonbozligi hamda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Nasafiy kabi movarounnahrlik olimlarning ilmiy merosi borasidagi amalga oshirilgan tadqiqot ishlari dunyo musulmonlari uchun dasturul amal bo‘lishini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng delegatsiya universitet faoliyati, kutubxonasi, talaba va tadqiqotchilarga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. 
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro hamkorlikda onlayn va oflayn seminar va konferensiyalar tashkil etish, kitob va risolalarni nashr etish va maqolalar chop qilish, Movarounnahr va Onado‘li olimlarining merosini dunyo ommasiga yetkazish uchun ularning asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilishni yo‘lga qo‘yish hamda Hoji Bayram Vali universiteti bilan O‘zbekistondagi Ilmiy tadqiqot Markazlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolashga kelishib olindi.

 

Izoh qoldirish