07.08.2024

#Jaholatga_qarshi_ma’rifat

🔰Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Saidov Sarvar tomonidan Sariosiyo tumanidagi  12-sonli maktabda “Jaholatga qarshi ma’rifat”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz  ma'naviy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” va “Yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” xususida fikrlar bildirildi.

⏺ Tadbir yakunida qatnashchilarga “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi. Shuningdek, suhbat davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Izoh qoldirish