12.07.2024

#Onlayn_seminar

✅“ANVARShOH KAShMIRIYNING “SUNAN TERMIZIY” ASARIGA YoZGAN ShARHI (ARFU-Sh-ShAZIY ASARI MISOLIDA)”

🔰Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda onlayn seminar tashkil etildi.

🟢Onlayn tashkil etilgan seminarda  Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi, doktorant  Hoshimjon Nizomiddinov “Anvarshoh Kashmiriyning “Sunan Termiziy” asariga yozgan sharhi (Arfu-sh-shaziy asari misolida)” mavzusida maʼruza qildi.

❇️O'zaro ilmiy bahs va munozaralarga boy boʻlgan seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga doktorant Hoshimjon Nizomiddinov manbalar misolida javob berdi. 

Izoh qoldirish