21.10.2021

Buyuk xulq sohibi

1

Rasululloh (sallollohu alayhi va sallam)ning muborak hayotlari, sunnatlari va yuksak odoblaridan namuna olish, Ul zotga munosib ummat bo‘lish istagida, shuningdek,  sevimli Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tug'ilgan oylari Rabi'ul avval munosabati bilan bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Buyuk xulq sohibi” shiori ostida mavlid tadbiri bo‘lib o‘tdi.  Marosim odatdagidek go'zal Qur'on tilovati bilan boshlandi.

So'ng Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori ustoz, hadisshunoslik ixtisosligi bo'yicha falsafa doktori (PhD) Shukrullo Umarov muqaddas oy va bayram bilan tadbir ishtirokchilarni tabriklab, talaba-yoshlarning ilm olishlari borasidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir davomida Imom Termiziy nomidagi o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari Payg’ambarimiz (sallollohu alayhi va sallam)ning sunnatlaridan, shamoillari borasidagi hadislardan, ul zotning siyratlariga oid mavlid kitoblaridan va salovatlardan go’zal ohangda ijro etishdi. Shuningdek, Rasululloh (sallollohu alayhi va sallam)ning siyratlari bo’yicha talabalar o’rtasida tezkor savol-javob tashkil etildi. 

O'ziga xos o'tgan mavlid marosimiga go'zal salavotlar yanada fayz qo'shdi. 

Tadbir so’nggida ishtirokchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati


 

Izoh qoldirish