21.10.2021

Hamkorlik to'g'risidagi memorandum oldi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Tatariston Respublikasining Bulg’or islom akademiyasi o'rtasida onlayn tarzda o'zaro hamkorlik to'g'risidagi  memorandum oldi  uchrashuvi bo’lib o’tdi.  O'tkazilgan videomuloqotda tadqiqot markazi ilmiy xodimlari va xalqaro aloqalar bo’limi mutaxassislari ishtirok etdi.

Onlayn tarzda o'tkazilgan uchrashuv  chog'ida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shukrillo Umarov hamda Bulg’or islom akademiyasining Ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Ruslan Sayaxov davlatlarimiz o'rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini alohida  e'tirof etishdi. 

 Muloqot davomida ilmiy-amaliy aloqalarni keng yo’lga qo’yish, jumladan,  noyob qo’lyozmalar ustida hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borish, sof islomiy aqidalarni keng targ’ib qilish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari va qo‘shma seminar va simpoziumlarni  tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, Islom diniga oid boy madaniy merosimizni yanada chuqur o’rganish, kelgusida ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yish va o‘zaro tajriba almashishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Imom Termiziy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi matbuot xizmati

Izoh qoldirish