O'rta asrlarda Termiz hududida ilmiy va adabiy taraqqiyot
2021
Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ZOOM videokonferensiya dasturi orqali "O'rta asrlarda Termiz hududida ilmiy va adabiy taraqqiyot” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tarix fanlari doktori, professor Hindistondagi Jamiya Milliya Islamiya universiteti professori va shu bilan bir qatorda Dehlidagi Xalqaro Islom Tadqiqotlari markazi direktor o'rinbosari doktor Abuzar Hayri ishtirok etdi.
Anjumanni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, hadisshunoslik ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shukurillo Umarov o‘z nutqi bilan boshlab, Markaziy Osiyo jumladan, Termizlik allomalarning dunyo ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan hissasi, shuningdek, o’rta asrlarda Termiz hududidagi ilmiy-adabiy jarayon haqida atroflicha fikr bildirib o’tdi.
Seminar davomida doktor Abuzar Hayri o’z ma’ruzasida O’zbekiston Markaziy Osiyodagi eng qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri bo’lganligi, ilm-fan olami Markaziy Osiyo olimlari va faylasuflariga nisbatan cheksiz hurmatda ekanligi, bu mintaqa olimlari har jabhada boy ilmiy-adabiy merosni bugungi avlodlaraga meros qilib qoldirganligi haqida so’z yuritdi. Shuningdek, bugungi kunda boburiylar davriga oid madaniy meroslarni Hindistonda katta qiziqish bilan o’rganilayotganligi, diniy-ma’rifiy sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari keng ko’lamda yo’lga qo’yilayotganligi haqida to’xtalib o’tdi.
Do‘stona va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunida ilmiy-amaliy hamkorlik ishlarini, jumladan, turli darajadagi tajriba almashinuv tashriflarini yo‘lga qo‘yish va boshqa muhim masalalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati.
Izoh qoldirish