16.11.2021

Jamiyatda diniy bagrikenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997 yildan buyon 16 noyabr  butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Mamlakatimizda ham ushbu muhim sanani nishonlash yaxshi an'anaga aylangan.

 Shu munosabat bilan joriy yilning 16 noyabr kuni "Imom Termiziy" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining majlislar zalida “Jamiyatda diniy bagrikenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda ta’lim muassasasining pedagog xodimlari va talabalari ishtirok etdilar.

 Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali direktori Mahmud Majidov  so‘zga chiqib, bag‘rikenglik kuni tarixi hamda hozirgi kunda yurtimizda olib borilayotgan bag‘rikenglik g‘oyalari haqida nutq so‘zladi.

Izoh qoldirish