16.11.2021

Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari ishtirokida sayyor dars tashkil etildi.

Hadis fani oyligi doirasida tashkil etilgan dars  mashhur muhaddis    Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy   (Imom Termiziy) ziyoratgohida bo'lib o'tdi. 

Dastlab, buyuk alloma, mashhur muhaddis Imom Termiziy qabri ziyorat qilinib, Qur’on tilovat qilindi. Ezgu duolardan so’ng, shu yerdagi masjidda hadis ilmiga bag’ishlangan sayyor dars tashkil qilindi. 

Darsni Imom Termiziy islom ta'lim mussasasi direktori, hadisshunoslik ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) Shukirullo Umarov kirish so’zi bilan boshlab, buyuk muhaddis hayoti va ijodi, ilmiy merosi, ulug’ allomaning islom olamida tutgan o’rni haqida atroflicha ma’lumotlar berib o’tdi.

   Dars jarayonida talabalar tomonidan  "Sunan Termiziy"dan hadislar o’qib, uning ma’nosi  sharhlab berildi. 

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati


 

Izoh qoldirish