18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
🇸🇱 Bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan.
🇸🇱 Bayroq – hurlik, ezgulik, tinchlik, millatning buyuklik timsolidir. Shu sabab ham har yurtning o‘g‘il - qizlari, dunyo xalqlari o‘z bayroqlarini muqaddas ramz sifatida qadrlaydi va uni asrab avaylaydi.
🇸🇱 O‘zbekiston bayrog‘i - barchamiz uchun qadri baland, yuksak hurmat va e’zozga munosib davlatimiz ramzidir.
🇸🇱 Yurtning har bir fuqarosi Xalqaro yutuqlarni qo‘lga kiritganda, bayroqni boshi uzra ko‘tarib, o‘z mehr muhabbatini izhor etadi.
🇸🇱 Bayrog‘imiz qabul qilingan kunga bugun 30 yil bo‘ldi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi yurtdoshlarimizni ushbu sana munosabati bilan qutlaydi.
🇸🇱 Davlatimiz timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz yuksak yuksaklarda mag‘rur hilpirab turaversin!
Izoh qoldirish