06.12.2021

MUAZZINLAR UCHUN MAHORAT DARSI TASHKIL ETILDI.

Joriy yilning 4-dekabr kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, O'zbekiston musulmonlari idorasi "Qur‘on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Termiz shahrida joylashgan “Hakim at-Termiziy” jome’ masjidiga  tashrif buyurdi.

⚡️ Tashrif asnosida viloyatdan saralab olingan muazzinlar uchun maxsus mahorat darsi tashkil qilindi. Shayx Alijon muazzinlarning azon aytish mahoratini baholab, ularga ilmiy asosda kerakli tavsiyalar hamda ma’lumotlar berdi.

🤲 Shuningdek, azonga doir savol-javoblar barchani xushnud etdi. Mahorat darsi so‘ngida esa jamoat bilan duoyi xayrlar qilindi.

Izoh qoldirish