24.12.2021

Yangi kutubxona hamda amaliyot xonasi foydalanishga topshirildi

Shu yilning 23 dekabr kuni Imom Termiziy o’rta maxsus islom ta’lim muassassida yangi kutubxona hamda talabalar amaliyot xonasi o’z faoliyatini boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan davra suhbati davomida talabalar hamda o’qituvchilarga bu yerda yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.

 

  Aytish mumkinki, 4000 dan ziyod kitoblar jamlangan mazkur kutubxona  ta’lim muassasasi pedagog xodimlari va talabalarining  bo‘sh vaqtlarini  kitob mutolaasi bilan mazmunli o‘tkazishlari uchun xizmat qilsa,  amaliyot xonasida esa,  talabalar ustozlardan olgan saboqlarini mustaqil amaliyot asosida shakllantirib boradilar. 
 

Izoh qoldirish