“Termiziy allomalar merosini o'rganishning dolzarb masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida O’zbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda “Termiziy allomalar merosini o'rganishning dolzarb masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo'ldi
Konferensiyada Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimlari quyidagi mavzularda ma'ruza qilishdi.
- Termiziylar merosini oʻrganishda Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining oʻrni;
- Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyati;
- Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyning “Maorif” asarida aqidaviy masalalarininig aks etishi;
- Termiziylar va tasavvuf maktabi;
- Abu Jaʼfar Termiziy hadis roviysi;
- Buyuk ipak yoʻlida Termizning ahamiyati;
- Termiziy ulamolar Islom dunyosida;
- Akram Umariyning “Buhus” asarida Imom Termiziyning “Jome’ as- sahih” asarining tadqiqi;
- Roziyuddin Chogʻoniy va uning ilmiy merosi.
Izoh qoldirish