18.08.2021

Imom Termiziy o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga kirish imtihoni bo'lib o'tdi.

 

Barcha abituriyentlar karantin chora-tadbirlariga muvofiq, ochiq havodagi imtihon o'tkaziladigan joydagi partalarga joylashtirildi.

Qabul hay'ati a'zolari va abituriyentlar guvohligida test savollar varaqasi solingan, muhrlangan maxsus qoplar ochildi.

Test materiallari abituriyentlarga tarqatilgach, abituriyentlarga bilimlarini sinash uchun 3 soat vaqt ajratildi hamda varaqalarni to'ldirish va bo'yash uchun 20 daqiqa qo'shib berildi.

Test sinovi Termiz shahri 5-kichik daha A.Navoiy ko'chasi 42-uyda joylashgan Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati fubol maydonida bo'lib o'tdi.

Izoh qoldirish