Saidov Sarvar Atabullo o’g’li
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqot bo’limi ilmiy xodimi
Saidov Sarvar Atabullo o’g’li 1991-yil 29-oktabrda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Millati tojik, oilali. 2014-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bakalavriat bosqichini, 2016-yilda esa ushbu institutning magistratura bosqichini tamomlagan.
2017-2018-yillarda Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasida o’qituvchi, 2018-2020-yillarda Termiz davlat universiteti Falsafa kafedrasida o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-2022-yillarda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Manbashunoslik bo’limi ilmiy xodimi, 2022-yildan hozirgi vaqtgacha Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqot bo’limi ilmiy xodimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Saidov Sarvar hozirgi kunda “Ibn al-Muqaffa ilmiy merosining islom ma’naviy taraqqiyotida tutgan o’rni” mavzusidagi tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Hozirda islom tarixi, falsafasi, islom allomalarining ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish va jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan 3 ta kitob, 1 ta monografiya, 30 dan ortiq ilmiy maqola, 50 ga yaqin ommabop maqolalar muallifidir. Hozirda ibn Muqaffa, ibn Sino va boshqa allomalarning ilmiy-ma’naviy merosini o’rganish ustida izlanishlar olib bormoqda.
Saidov Sarvar o‘zbek tilidan tashqari arab, fors-tojik, ingliz va ispan tillarida erkin muloqot qilish malakasiga ega.
Izoh qoldirish