05.02.2025

IMOM TERMIZIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZI MALAYZIYADA XALQARO HAMKORLIK MEMORANDUM IMZOLADI

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Malayziya xalqaro islom universiteti qoshidagi Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti  o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xalqaro islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti (ISTAC) Malayziya xalqaro islom universiteti (IIUM) tarkibidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlaridan biridir. Institut islom tafakkuri, madaniyati va sivilizatsiyasi bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib boradi hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

ISTAC O‘zbekistonning Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida islomiy merosni chuqur o‘rganish, qo‘shma ilmiy nashrlar chop etish va ta’lim loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Malayziya tomoni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 100 mingdan ortiq noyob qo‘lyozma va nodir nashrlarning elektron versiyalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etildi. 

 

Izoh qoldirish