09.06.2022

ILMIY KOTIB: DJURAEV OLIM MENGTURAEVICH

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi 

Djuraev Olim Mengturaevich 1983 yil Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 2008 yili Toshkent islom universitetining bakalavr bosqichini tamomlagan. 

U 2008 – 2009 yillarda Imom Buxoriy xalqaro markazi Axborot resurslari markazi mutaxassisi, 2009 – 2013 yillarda Imom Buxoriy xalqaro markazi manbashunoslik bo‘limi mutaxassisi, 2013 – 2015 yillarda Imom Buxoriy xalqaro markazi ARM boshlig‘i, 2015 – 2017 yillarda Imom Buxoriy xalqaro markazi hadisshunoslik bo‘limi mutaxassisi, 2017-2019 yillarda Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyot bo‘limi xodimi sifatida ilmiy faoliyat yuritgan. 

Djuraev Olim 30 dan ziyod kitob, o‘quv qo‘llanma, risola va ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Izoh qoldirish