Jamahmatov Karomiddin Aynillo o’g’li
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o'rinbosari
Jamahmatov Karomiddin Aynillo o’g’li 1993 yil 6 iyunda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug’ilgan. 2015 yil Termiz davlat universitetining bakalavriati, 2017 yil esa Samarqand davlat universiteti magistraturasini tamomlagan.
2016-2017 yillarda Samarqand viloyati Urgrut tumani 32-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi, 2018-2019 yillarda Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi o’qituvchisi, 2019-2021 yillarda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy xodimi, hozirga vaqtda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Jamahmatov Karomiddin 40 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi, hozirda Samarqand davlat universiteti uchinchi bosqich tayanch doktoranti “Hoji Muhammad Shahdiy devonining tarkibi va badiiyati” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borilmoqda.
Izoh qoldirish