16.06.2022

Joniev Muzaffarxon Fayzullaevich

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Joniev Muzaffarxon Fayzullaevich 1989-yil 19-iyulda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida tugʻilgan. 2011-yil Toshkent islom universitetining bakalavriati, 2014-yil esa Toshkent islom universiteti magistraturasini tamomlagan. 

2011-2012-yillarda Imom Buxoriy xalqaro markazi Hadisshunoslik boʻlimi mutaxassisi, 2014-2015-yillarda Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi Maʻnaviyat va maʻrifat boʻlimi katta ilmiy xodimi, 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi oʻqituvchisi, 2021-yilda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi boshligʻi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari, 2021-yildan hozirga vaqtga qadar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ishlab kelmoqda.

Joniyev Muzaffarxon falsafa doktori (PhD) ishini 2021-yilda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengashda 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari) ixtisosligidan “Oʻrta Osiyoda haj safarlarini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari (XIX asr oxiri – XX asrning 80-yillari)” mavzusida muvaffaqiyatli himoya qilgan. 

Oʻzbekiston tarixi, islom tarixi, yurtimiz allomalari ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish va jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan 30 dan ortiq ilmiy maqola, 50 ga yaqin ommabop maqolalalar hamda ilmiy ishlanmalari uchun 1 ta patent muallifidir. Jumladan, uning oliy oʻquv yurtları talabalari uchun "Islom tarixi" nomli oʻquv qoʻllanmasi, shuningdek Joniyev Muzaffarxon tomonidan nashrga tayyorlangan "Chahor kitob (Toʻrt kitob)", oʻzbek va turk tillaridagi "Hujjatlarda Oʻzbekiston va Turkiya aloqalari", ingliz tilidagi "Geniology of Temurids" (Temuriylar shajarasi) nomli kitoblari Oʻzbekistonda va xorijda nashr etilgan. Hozirda Hakim Termiziy va boshqa allomalar merosini o’rganish bo’yicha izlanishlar olib bormoqda. 

Izoh qoldirish