05.02.2025

IMOM TERMIZIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZНИНГ XALQARO HAMKORLARI SONI ORTMOQDA

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Malayziya Raja Zarit Sofiya islom, fan va sivilizatsiya bo‘yicha tadqiqotlar markazi (RZS-CASIS) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Raja Zarit Sofiya islom, fan va sivilizatsiya bo‘yicha tadqiqotlar markazi (RZS-CASIS) Malayziyaning Texnologiya universitida (UTM) qoshida tashkil topgan. Uning asosiy maqsadi islomiy bilimlarni zamonaviy fanlar va sivilizatsiya tahlili bilan integratsiya qilishdir. Markaz Islom sivilizatsiyasi merosini chuqur tadqiq qilish hamda uning zamonaviy muammolarni hal etishgi yo‘naltirilgan.

Ochiqlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan muzokaralar natijasida imzolangan Memorandum ikki tomonlar o‘rtasida ilmiy ma’lumotlar, adabiyotlar va tadqiqot hujjatlari almashish, birgalikda uyushtiriladigan tadqiqotlar va ilmiy anjumanlarda xodimlar ishtirokini ta’minlash, islomiy merosni chuqur o‘rganish, qo‘shma ilmiy nashrlar chop etish va ta’lim loyihalarini amalga oshirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

 

✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Izoh qoldirish