01.05.2023

#Ibrat

 Kunlarning birida...

Bir boy kishi kambag‘al odamga achigan taomlar to‘ldirilgan idishni uzatdi. (Kambag‘al xursand bo‘lib idishni uyiga olib kirib ketdi) Kambag‘al idishni bo‘shatib, uni tozalab olib chiqdi. O‘rniga chiroyli gullarni to‘ldirdi. Uni boyga olib chiqdi. Boy hayron qoldi. Kambag‘aldan nima uchun bunday qilganini so‘radi: «Senga aynigan narsalarga to‘la idish bersam, sen esa o‘rniga gul to‘ldirib chiqibsan!».

Faqir aytdi: «Har bir inson qalbidagi narsani beradi».

Ibrat va xulosa:

Qalbingizda doim go‘zal narsalar bo‘lsin!!!

Izoh qoldirish