05.05.2023

BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI.

Adib Sobir Termiziy haqida 10 ta haqiqat

1. Adibning toʻliq ismi-sharifi – Shahobiddin Sobir ibn Ismoil 
2. Adib Sobir Termiziy qachon tugʻilgan -  1078-yil Termiz shahrining Duoba mahallasida tavallud topgan.
3. Shoir davridagi siyosiy muhit – XI asrning oxiri – XII asr boshlarida Termiz Saljuqiylar davlatiga tobe edi. 
4. U zot kim edi – Adib Sobir Termiziy zamonasining olimi, buyuk mutafakkiri, astronomi, isteʼdodli shoiri, balogʻat ilmida mohir kishilardan edi.
5. Shoirning ilm yoʻlidagi safarlari – Adib Sobir Termiziy ilm ishtiyoqida ilm markazlari joylashgan shaharlarga safar qilgan. Bu Makka, Madina, Falastin, Basra, Toif, Kirmon, Balx shaharlari edi.
6. Adib Sobir Termiziyning davlat ishidagi vazifalari – Saroy yetakchi shoiri hamda Saljuqiylar saltanatining siyosiy hayotida faol ishtirokchisi boʻlgan   
7. Shoirning ilmiy-adabiy merosi – Adib Sobir Termiziy ulkan ilmiy meros egasi boʻlsa-da, ularning barchasi bizgacha  toʻliq yetib kelmagan. Hozirgacha shoir asarlarini oʻz ichiga olgan ta devoni maʼlum. 
8. Shoirning poetik mahorati – Adib ijodida turli sheʼriy janrlar, jumladan, qasida, gʻazal, tagʻazzul, ruboiy va qitʼa asosiy oʻrin olgan.
9. Shoir adabiy merosining oʻrganilishi – Yurtimiz adabiyot va sanʼat muxlislari Adib Sobir Termiziy ijodi bilan ilk bor 1979 yili tanishdilar. Adib Sobirning hozirgacha 38 ta tagʻazzul, 55 ta gʻazal, 49 ta qitʼa, 68 ta ruboiy va 303 ta tarkibbanlari tarjimon Chustiy tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
10. Adib Sobir Termiziy vafoti – Xorazmshoh tomonidan 1147-yil josuslikda ayblanib, Amudaryoga choʻktirilgan.

Izoh qoldirish