10.05.2023

BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI.

Imom Termiziy haqida 10 ta haqiqat

1. Allomaning toʻliq ismi-sharifi – Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Zariyr Bugʻriy Termiziy boʻlgan.
2. Imom Termiziy qachon tugʻilgan -  824-yil Termiz yaqinidagi Bugʻ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlogʻida tavallud topgan.
3. U zot kim edi – Minglab hadislarni yoddan bilgan – buyuk  muhandis va hofiz, Islom huquqini yaxshi bilgan – faqih va olim boʻlib, hadis ilmiga oʻzining katta hissasini qoʻshgan kishilardan edi.
4. Imom Termiziyning yoshlik yillari – U ilmga muhabbati sabab Termiz, Samarqand, Mavr va Movarounnahrning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini qunt bilan oʻqib oʻrgangan.
5. Abu Iso Termiziy yashagan davr – Bu davr tarixda “Asru tadviyn”, yaʼni “Kitob yozish asri” deb nom olgan.
6. Ilm yoʻlida oʻzga yurtlarga safarlari - Imom Termiziy ilmiy safari Buxoro, Samarqand, Mavr, Nishopur, Balx, Ray, Bogʻdod, Kufa, Basra, Makka, Madina kabi shaharlarda mashhur muhaddis va ulamolardan taʼlim oladi.
7. Imom Termiziy hamda Imom Buxoriyning oʻzaro ilmiy aloqalari -  Imom Termiziyning ustozi Imom Buxoriyga boʻlgan hurmati yuksak darajada edi. Imom Buxoriy 863-868-yillari Nishopurda yashagan davrda Muhammad Termiziy uning darslarida qatnashadi. Bu besh yil mobaynida Imom Buxoriydan hadis va unga taalluqli boshqa ilmlarni oʻrganadi.
8. Allomaning asarlari - Imom Termiziy ilmiy faoliyati davomida hadis, tafsir, tarix, tasavvuf va boshqa sohalarda oʻndan ortiq asarlar yozgan.
9. “Al-Jomiʼ as-sahih” asari - “Al-Jomiʼ as-sahih” (“Sahih toʻplam”) asari Imom Termiziyning hadis ilmiga oid shoh asari boʻlgan, ushbu asarida minglab hadislar jamlangan. Bu asar hadis ilmida katta ahamiyatga ega.
10. Imom Termiziy vafoti – U 892-yil oʻzi tugʻilib oʻsgan qishloqda vafot etgan.

Izoh qoldirish