15.05.2023

BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI?

Hakim Termiziy haqida 10 ta haqiqat.

1. Allomaning toʻliq ismi-sharifi – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bishr ibn Harun Hakim Termiziy boʻlgan.

2. Hakim Termiziy qachon tugʻilgan - 820-yil Termiz shahrida tavallud topgan.

3. U zot kim edi – Mashhur tasavvuf olimi, shayx, muhaddis, hofiz, imom va hakim bo‘lib, aqida, tafsir, hadis va tasavvuf haqida ko‘plab asarlar yozgan yetuk alloma kishilaridan edi.

4. Hakim Termiziy ustozlari – Muhammad Hakim Termiziy Abu Turob Naxshabiy, Ahmad ibn Xizravayh Balxiy, Yahyo ibn Muoz Roziy va boshqa ikki yuzdan ortiq olimlardan ilm o‘rgangan hamda ulardan hadis rivoyat qilgan

5. Ilm yoʻlida oʻzga yurtlarga safarlari - Hakim Termiziy ilmiy safari, Balx, Mavr, Nishopur, Basra, Kufa, Bogʻdod, Makka, Madina kabi shaharlarda ilmiy safarda bo‘lgan.

6. Allomaning asarlari - Hakim Termiziydan 70-80 ta asarlari meros qolgan. Bu asarlar arab tilida yozilgan.

7. Hakim Termiziy  asarlarining bosh g‘oyasi – Alloma asarlarning bosh g‘oyasi Islom dinining asl mazmun-mohiyatini anglash va uni insonlarga to‘g‘ri asosda yetkazishdir.

8. Hakim Termiziy Islom tarixida birinchilardan boʻlib maʼrifat – bilish  nazariyasiga asos solgan.

9. Islom tarixida valiylik – avliyolik nazariyasi va amaliyotini ilk bor tizimli tarzda tadqiq etib, koʻrsatib bergan zot ham aynan Hakim Termiziydir.

10. Hakim Termiziy vafoti – U 932-yilda 112 yoshida vafot etgan.

Izoh qoldirish