BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI?
Abu Jaʼfar Termiziy haqida 10 ta haqiqat.
1. Allomaning toʻliq ismi-sharifi – Abu Jaʼfar Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Termiziy Shofeiy boʻlgan.
2. Abu Jaʼfar Termiziy qachon tugʻilgan - 816-yil avgust (hijriy 200-yilning zulhijja) oyida tavallud topgan.
3. U zot kim edi – Abu Jaʼfar Termiziy muhaddis, faqih, mufassir va mutakallim (Islom aqidasi olimi), Ergashiladigan imom, alloma, zohid, ehtiyotkor, qanoatli va qadri ulugʻ kishi edi.
4. Ilm yoʻlidagi safarlari - Abu Jaʼfar Termiziy ilm izlab Misr, Kufa, Basra, Hijoz (Makka va Madina) kabi yurtlarda olimlardan tahsil olgan.
5. Abu Jaʼfar Termiziy ustozlari – Alloma Bagʻdod shahrida ilmga boʻlgan muhabbati va zukkoligi uni ilm ahli orasida mashhur qildi. U bu shaharda Yahyo ibn Bukayr Misriy, Yusuf ibn Adiy Kufiy, Ibrohim ibn Munzir Hizomiy Madaniy, Isʼhoq ibn Ibrohim Siniy, Yaʼqub ibn Humayd ibn Kosib Madaniylardan ilm olgan.
6.Allomaning asarlari - Abu Jaʼfar Termiziy 29 yil hadis yozgan, bu davr oraligʻida koʻplab kitoblarni tasnif qilgan.
7. Abu Jaʼfar Termiziy rivoyat qilgan tafsirga oid asari – Mufassirlar tafsir ilmida ham ishonchli sahih hadislar orqali rivoyat qilganlar, shuningdek, alloma tafsir ilmiga oid hadislarni manba sifatida yigʻib, tafsir kitoblarini yozganlar.
8. Abu Jaʼfar Termiziyning rivoyat asosidagi tafsir asari sahih – ishonchli boʻlib, boshqa allomalarning ham shunga oʻxshash kichik hajmdagi tafsirga oid ishonchli manbalarga tayangan holda, Islom olamida mashhur boʻlgan mufassir allomalar oʻz asarlarini yozganlar.
9. Termiziyning tafsir asari qayirda saqlanadi - hozirda Damashqning “Zohiriya" kutubxonasida saqlanayotgan tafsir asari ikki yuz yil keyin, hijriy beshinchi asrning oxirlarida Ubaydullox Ukbariy tomonidan koʻchirib olingan.
10. Abu Jaʼfar Termiziy vafoti – U 907-yil oktyabr oyida (hijriy 295 sana, muharram oyining 11-kechasida) vafot etgan.
Izoh qoldirish