BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI? Xoja Alouddin Attor Termiziy haqida 10 ta haqiqat
1. Allomaning to’liq ismi-sharifi – Muhammad ibn Muhammad Attor Buxoriy bo’lgan.
2. Oilasi haqida - U zot asli Xorazmdan bo’lib, boy oilada tug’ilib o’sadi. Ular uch og'a-ini bo’lib, Shahobiddin va Muborak ismli inilari bor edi.
3. U zot kim edi – U shariat va tarikat ilmlarida peshvo sanaluvchi orif, shayx va olim zot bo’lgan. Naqshbandiya tariqatining 17-shayxi hisoblanadi.
4. Ustozi - Bahouddin Naqshband Alouddin Attorning ulug’ ustozi Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmining dunyo miqyosidagi yirik namoyandasi bo’lgan.
5. Peshqadam shogird - Bahouddin Naqshband o’z shogirdini ilmu irfon cho’qqilariga yetishi uchun tarbiyani davom ettiradi. Doimo uni yoniga o’tirg’izar va unga yuzlanar edi. Bu haqda savol berilganida, deydiki: "Uni yonimga o’tirgizurmanki, toki "bo’ri" yemasin. Nafs bo’risi uni poylab turur, har lahza uning holini kuzatib turaman".
6. Alouddin qalbiga solingan naqsh - Ulug’ ustozning shogirdi foydasi uchun ko‘zlagan maqsadlari hosil bo’lgach, Bahouddin hazratlari u kishiga maxfiy zikr - Allohni dildan yod etishni ta’lim beradi. U zot Alouddin qalbiga naqsh band etishni (solishni) boshlaydi. Shu tariqa o’z zamonining zohiriy ilmlarini yaxshi o’zlashtirgan.
7. Bahouddin Naqshband so’zlarini yetkazuvchisi - Alouddin Attor faoliyatining yana bir muhim jihati shuki, u Bahouddin Naqshband haqida bitilgan asarlarning sababchisi va tartibga soluvchisi bo’lgan.
8. Allomaning Termizga kelishi – Alouddin Attor hazratlariga bir dard tegadi va hech kim uning sababini bila olmaydi. Shundan so’ng Attor hazratlari Xoja Muhammad Hakim Termiziyning mozori sari yo’lga chiqadi.
9. Tariqat peshvosi – Bahouddin Naqshbanddek zotning vafotidan so’ng muridlari - shogirdlariga kim boshchilik qilishi haqidagi masala, albatta, jiddiy edi. Bunday jiddiy ish haqida esa Bahouddin Naqshband hazratlari o’z tadorigini ko’rib qo’ygan edi. U zot Attor haqida: "Alloh ko’ksimga nimani quygan bo’lsa, o’shani uning ko’ksiga qo’ydim", degani naql etiladi.
10. Xoja Alouddin Attor Termiziy vafoti – Alouddin Attor milodiy 1400-yili (hijriy 802-yil rajab oyining ikkinchisi bo’lgan dushanba kunida) vafot etgan.
Izoh qoldirish