18.05.2023

BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI?

Roziyuddin Chagʻoniy Termiziy haqida 10 ta haqiqat.

1.Allomaning toʻliq ismi-sharifi – Abu Fazoil Hasan ibn Muhammad ibn Hasan ibn Haydar ibn Ali ibn Ismoil boʻlgan.
2. Roziyuddin Chagʻoniy Termiziy qachon tugʻilgan - 1181-yil 25-iyun, payshanba kuni Pokistonning Lahur shahrida tavallud topgan.
3.Ota-onasi kim boʻlgan – Uning otasi Hasan ibn Haydar fazilatlar bilan ziynatlangan, qusurlardan xoli, oʻz davrining yetuk va fozil olimlaridan biri boʻlgan.
4.U zot kim edi - Imom Chagʻoniy muhaddis faqih lugʻat ilmining peshqadam olimi, obid, zohid va imom boʻlgan. U Makkai mukarramada ilm olgan va oʻzini "Alloh taoloning xaramida yolvoruvchi”deb nomlagan.
5.Ilm yoʻlidagi safarlari - Imom Chagoniy ilm olish maksadida juda koʻplab mamlakatlarga safar qilgan. Alloma Hind, Sind, Gʻazna, Hamadon, Arab diyorlaridagi Makka, Jidda, (Tanz, Zabid, Yamanda joylashgan shahar) kabi bir kancha shaharlarda taʼlim olgan. 
6.Ustozlari - Birinchi ustozi otasi Muxam- mad ibn Xasan Chagoniy. Abu Xafz Umar ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Fargoniy Margʻinoniy. Undan fikx ilmini oʻrgangan. Bagdod shaxrining muftiysi Abu Mansur Sayyid ibn Muhammad ibn Umar. Undan xadis ilmini oʻrgangan. 
7.Asarlari - Imom Chagʻoniy koʻplab kitoblar yozib qoldirgan boʻlib, bizgacha faqat nashrga tayyorlangan 20 ga yaqin asari yetib kelgan.
8.Kurʼon ilmlari toʻgʻrisidagi asarlari - "Nazm adadu aya al-Kurban" ("Kurʼon oyatlari sonining tarti bi"). "Kitabu tajvid va Jumalu Chagoniy" ("Tajvid va Chagoniy jum lalari kitobi").
9.Allomaning vafoti – 1252-yili 25-oktyabr Iroqda vafot etgan.
10.Roziyuddin Chagʻoniy Termiziy vasiyati – U vafotidan sung jasadina Makkaga olib borilishini va Faza ibn Abbos oldiga dafn etilishina vasiyat kiladi. Shu vasiyatni amalga oshirgan insonga eldik dinor beradi. Vasiyat farzandlari tomonidan amalga oshirilgan.

Izoh qoldirish