19.05.2023

BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI.

Xoja Samandar Termiziy haqida 10 ta haqiqat.

1. Adibning toʻliq ismi-sharifi – Xoja Samandar Termiziyning ismi Muhammad taxallusi Samandar boʻlgan
2. Xoja Samandar Termiziy qachon tugʻilgan -  1638-yilda Termiz atrofida, hozirgi Qumqoʻrgʻon tumanining Qoptoʻqay qishlogʻida tavallud topgan.
3. U zot kim edi – Xoja Samandar Termiziy  barakali umri davomida davlat arbobi, shoir, tarixchi, siyosatshunos, adib, mohir jangchi va voizlik (xalqni nasihat qiluvchi) kabi  sharaflariga muyassar boʻlgan. 
4. Yoshligi va ilm tahsili – U dastlabki ilmni Termizda olgan, soʻng Buxoroda tahsilni davom ettirgan. Bu vaqt davomida Xoja Samandar Termiziy qiroat, balogʻat, mantiq, fiqh, adabiyot va boshqa ilmlarni egallagan. 
5. Ilmiy safarlari – Ilm olish oʻsha davrda ilm va madaniyat markazlari boʻlgan Samarqand, Buxoro, Hindiston va Xuroson oʻlkalariga ilmiy safar qilgan.
6. Davlat ishlaridagi vazifalari – Tahsildan keyin adib Samarqand viloyatining Narpay tumanida 1660-1662-yillar davomida qozilik qilgan.  
7. Asarlari – Xoja Samandar Termiziy dastlab “Anis al-fuqaro” asarini yozadi. Keyinchalik uni toʻldirib, tarixiy nasr janrining yuksak namunasi boʻlgan “Dastur al-muluk”  (Podshohlarga qoʻllanma) asarini bitkazadi.
8. “Dastur al-muluk” asari haqida – Bu asar davlat ishlarini odilona boshqarishga qaratilgan boʻlib,  u muqaddima  va 22 bobdan iborat.
9. “Dastur al-muluk”asarining tili – Xoja Samandar Termiziy bu asarni fors tiliga yozgan.
10. Xoja Samandar Termiziy vafoti – 1740-yilda ona vatani hozirgi Qumqurgʻon tumanida vafot etadi. Uning qabri usha yerda joylashgan.

Izoh qoldirish