19.05.2023

BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI?

Abu Bakr Varroq Termiziy haqida 10 ta haqiqat.

1. Allomaning toʻliq ismi-sharifi – Abu Bakr Muhammad ibn Umar ibn Fazl Hakim Varroq Termiziy boʻlgan.
2. Abu Bakr Varroq Termiziy qayirda yashagan - Bu zot asli Termizdan boʻlib, Balxdagi Ayoz nomli qishloqda ham yashagan. U mashhur muhaddis olim Abu Iso Muhammad Termiziyning togʻasi boʻlgan. 
3. Allomaning oilasi haqida - Manbalarda Abu Bakr Varroq Termiziyning Iroqdagi bir shaharda hokim boʻlgan kuyovi Ubaydulloh (yoki Abu Ubaydulloh) haqida maʼlumotlar mavjud. Bu esa olimning oilali va farzandli boʻlganligini bildiradi.  
4. U zot kim edi – Abu Bakr Varroq Termiziy mashhur olim, shayx, hakim boʻlib, tasavvuf toʻgʻrisidagi koʻplab asarlar muallifidir.
5. Ustozlari - Muhammad Hakim Termiziy va mashhur tasavvuf olimi Ahmad ibn Xizravayh, Muhammad ibn Saʼd ibn Ibrohim, Muhammad ibn Umar ibn Xushnom Balxiylar bilan hamsuhbat boʻlgan.
6. Abu Bakr Varroq Termiziyning ustozlari orasida - Imom Buxoriyga ham ustozlik qilgan olim – Muso ibn Hizom Termiziy ham boʻlgan.
7. Abu Bakr Varroq Termiziyning termiziy olimlar bilan aloqasi - Abu Zarr Termiziy va Muhammad ibn Homid Termiziy undan ilmu maʼrifat borasida nasihat va yoʻl-yoʻriq olgan. 
8. Allomaning asarlari - “Kitob al-ixlos” (Ixlos kitobi), “Kitob al-huruf” (Harflar haqida kitob), “Al-Atq val fakok” (Erk va ozodlik haqida kitob), “Kitob ad-darojat” (Darajalar haqida kitob) va bir qancha asarlari mavjud.
9. Alloma asarlarining umumiy mazmuni – U zot nafs tarbiyasi, qalbni sayqallash, aqlni ishlatish, ruhiyatni yuksaltirish orqali yaxshi xislatlarga ega boʻlish va ularni kamol toptirish kabi masalalarda fikr yuritgan.
10. Abu Bakr Varroq Termiziy vafoti – 907-yil (hijriy 294) vafot etgan.

Izoh qoldirish