22.05.2023

BUYUK TERMIZIYLAR HAQIDA BILASIZMI.

Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy haqida 10 ta haqiqat.

1. Adibning toʻliq ismi-sharifi – Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy boʻlgan
2. Burhoniddin Termiziy qachon tugʻilgan -  1165-yili Termizda tavallud topgan.
3. U zot kim edi – Olim va mashhur tasavvuf olim boʻlib, tasavvuf ilmiga oʻzining katta hissasini qoʻshgan. Burhoniddin Termiziy nafaqat tasavvuf ilmini, balki tafsir, hadis, va aqiyda kabi sohalarni ham mukammal oʻrgangan. 
4. Burhoniddin Termiziy yashagan davr – Termiz ilm va madaniyatning markazlaridan biri boʻlgan. Bu davrda ilm va maʼrifat gullab-yashnagan va turli fanlar sohasida olimlar yetishib chiqqan. 
5. Burhoniddin Termiziyning yoshlik yillari – U yoshligidan boshlab ilm-fanga qiziqa boshlaydi. Ilmga kuchli muhabbati tufayli oʻsha davrning koʻpgina ilmlarini, ayniqsa, tasavvuf ilmini chuqur egallaydi.
6. Xulqlari qanday edi – U kishi zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) ilmlarni puxta egallagan juda ham goʻzal axloq sohibi boʻlib, oʻz zamonalarida taqvo va ilmda tengi yoʻq shaxs edilar.  
7. Ustozlari – Burhoniddin Termiziy oʻz vatanida va xorijiy yurtlarda koʻplab ustozlardan ilm oladi.Oʻsha davrning mashhur tasavvuf olimlaridan biri Bahouddin Valad boʻlgan. 
8. Ilm yoʻlida boshqa yurtlarga safarlari – 1208-yili ilmini yanada mustahkamlash maqsadida otasidan ruxsat olib, Balx shahriga “Sultonul ulamo” (“Olimlar sultoni”) nomi bilan mashhur boʻlgan Bahouddin Valadning huzuriga borganlar.
9. Asari – Sayyid Burhoniddin Termiziyning bir dona asari boʻlib, u ham boʻlsa “Maʼorif” nomi bilan tanilgan. 
10. Allomaning vafoti – 1241-yili Turkiyaning Qaysari shahrida vafot etgan va oʻsha joyda dafn qilingan

Izoh qoldirish