29.05.2023

ISPANIYA QIROLLIGIDA JOYLASHGAN “KARDOBA” AKADEMIYASI USTOZ VA TALABALARI – MARKAZDA.

Bugun xorijdan 30 ga yaqin delegatsiya aʼzolari jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Singapur Respublikasi, Malayziya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Misr Arab Respublikalaridan hadis ilmi olimlar “Kardoba” akademiyasi taʼsischisi Muhammad Daniel boshchiligidagi mehmonlar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlarni  markaz direktori v.v.b. tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Joniyev Muzaffarxon kutib oldi.
Dastlab xorijlik mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi. 
Tashrif mobaynida “Kardoba” akademiyasi delegatsiyasi bilan  Markazning ilmiy xodimlari va Imom Termiziy oʻrta maxsus taʼlim muassasasi talabalari oʻrtasida ilmiy suhbat boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga xorijlik mehmonlar Muhammad Daniel va Abdulvohid Maliklardan javoblar olishdi.
Tadbir yakunida mehmonlarga Markazda nashr qilingan Sunani Termiziy sharhi va Buyuk Termiziylar kitoblardan esdalik sovgʻalari taqdim qilindi..

 

 

 

Izoh qoldirish