05.09.2023

TURKIYALIK HADISSHUNOS OLIMLAR – MARKAZ MEHMONI

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya Respublikasining Diniy ishlar vazirligi fatvo hay’ati raisi, Anqara universiteti hadis bo’limi boshlig’i Prof. Dr. Enbiya Yildirim, Osmaniya Korkut Ata universiteti Teologiya fakukteti hadis bo’limi katta ilmiy xodimi Dr. Ibrahim Saylan, Duzja universiteti hadis bo’limi katta ilmiy xodimi Dr. Hasan Kuchukosman, Mersin universiteti Hadis bo’limi tadqiqotchisi Furkan Gan, Shirnak universiteti hadis bo’limi tadqiqotchisi Mustafa Kozluk, Yildirim Boyazid universiteti katta ilmiy xodimi Aliasqarxon Qosimovlar tashrif buyurdi.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori v.v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muzaffarxon Joniev tomonidan mehmonlarga Markazda olib borilayotgan ilmiy faoliyat natijalari, ilmiy xodimlari tomonidan tarjima, tahqiq va sharh yo‘nalishidagi nashr ishlari haqida ma’lumot berdi.

Mehmonlar Markaz kutubxonasi va qo‘lyozmalar fondi bilan tanishdi, nodir qadimiy asarlarni, ajdodlarimizning boy merosini tadqiq etish uchun yaratilgan shart-sharoitga yuqori baho berdi.

Professor Enbiya Yildirim yaqin istiqbolda Markaz ilmiy xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda Imom Termiziy hayot yo‘li va hadis ilmiga oid mavzularda qo‘shma anjumanlar o‘tkazish niyatini izhor etdi.

Izoh qoldirish