ARAB TILINING QISQACHA TARIXI
Arab tilining tarixi arab tilining rivojlanishi bilan bog'liq. Topilgan eng qadimiy Shimoliy arabcha matn miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida, Ibtidoiy arab tili O'rta somiy tilidan noma'lum vaqtda ajralib chiqqanidan keyin vujudga kelgan. Katta ehtimol bilan, Ibtidoiy arab tilida, janubiy Shom va Arabistonning shimoli-sharqida so'zlashgan. So’ng Qadimgi Shimoliy arab tilining ko'plab belgilari Nabatiy, Safaiyya va Hasmoiyya alifbolaridagi yozuvlar orqali miloddan avvalgi I ming yillikning oxirlarida ko’paygan.
Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida janubiy Shom va Arabistonning shimoli-sharqida arab tilida soʻzlasha boshlangan. Bu davrdagi qadimgi arab lahjalarini ikki guruhga bo'lish mumkin: shimoliy lahjalar zanjiri va Hijoz shimolidagi qadimiy Hijozi lahjalari. Arab tilining yozuvdagi eng qadimgi belgilari miloddan avvalgi IX asrga to'g'ri keladi. Buni Ossuriya, mixxat yozuvlaridagi odamlarning ismlarida uchratish mumkin. Qadimgi arab tilining dialekt xilma-xilligi ushbu yozuvlarda yaxshi isbotlangan. Unda eramizning 328-yiliga oid yozuv arab tilida va oromiy tilining bo’lagi bo’lgan nabatiy yozuvida yozilgan. Miloddan avvalgi IV asrda Arab Nabatiylar qirolligi tashkil topgan. U janub va shimolga qarab kengayib, oʻzi nazorat qilgan hududlarda arab tilini tarqatgan. Binobarin, Nabatiy yozuv madaniyati eramizning birinchi asrida Shimoliy Hijozgacha yetib borgan va Nabatiylar Taima va Dumani egallab olganlaridan so‘ng ulardagi ikki mahalliy til – Taima va Duma o‘rnini arab tili egallagan.
Sadulla Boboxo‘jayev - Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro aloqalar va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
Izoh qoldirish