25.04.2024

“KITOBSEVAR MILLAT” SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Kitobsevar millat”  shiori ostida “Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz” mavzusida buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’naviy va madaniy merosini o‘rganishga qaratilgan online va offline ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 


Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori v.v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Joniev Muzaffarxon, Markaz ilmiy xodimlari J.Mirzaev, S. Saidov,  Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazi direktori M. Abdushukurov, Afg‘on fuqorolarni o‘qitish markazi xodimlari hamda Zoom platformasi orqali Respublikamizning barcha  viloyatlaridagi Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etishdi.


Tadbirni  Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori v.v.b., tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Joniev Muzaffarxon kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilariga  Markazda olib borilayotgan ilmiy faoliyat natijalari, ilmiy xodimlar tomonidan tarjima, tahqiq va sharh yo‘nalishidagi nashr ishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

 


Shuningdek, Markaz ilmiy xodimlari J.Mirzaev, S. Saidov tomonidan "Termiziy sayyidlar tarixi" va "Termiziy allomalarning islom falsafasida tutgan o‘rni” mavzularida maruzalar qilindi.


Shundan so‘ng Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Joniev Muzaffarxon tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markaziga Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.


Tadbir yakunida Markaz tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti o‘tkazildi. 

Shuningdek, mehmonlar Markaz kutubxonasi va qo‘lyozmalar fondi bilan yaqindan tanishdi.

 

 

Izoh qoldirish