06.09.2024

ABU ABDULLOH MUHAMMAD XORAZMIY – QOMUSIY OLIM

O‘zining beqiyos ilmiy salohiyati bilan o‘sha davr uchun bebaho asarlar yozib qoldirgan Abu Abdulloh Xorazmiy butun markaziy osiyo hududida nafaqat butun sharq mintaqasida chuqur iz qoldirgan allomalardan sanaladi, shuni takidlab o‘tish joizki Abu Abdulloh Xorazmiy o‘sha davr uchun noyob bo‘lgan “Mafotih al-ulum “asarida o‘ziga hos tarzda fanlarni tasniflarga bo‘lib chiqdi. Bu esa o‘sha davr ilm-fani uchun katta ahamyatga molik bo‘lgan yangilik edi. Bu asarni o‘ziga hos tarafi shundaki asarda islom dini nuqtai nazardan mavjud bo‘lgan fanlar arab bo‘lgan va arab bo‘lmagan fanlarga bo‘lib sharq ilm-fanida yangilik yaratdi.

Bundan tashqari asrda o‘sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini qamrab olgan va izohlar yozilgan. Muallif o‘rta asrlardagi har bir fan mazmuni asosiy voqealarini sharxlash yoli bilan tushuntirib bergan. Abu Abdulloh Xorazmiy bu asarni yaratishda o‘z o‘tmishdoshlarining ilmiy bilishlari haqidagi fikirlarni ma’lum darajada umumlashtirdi va boyitdi. Abu Abdulloh Xorazmiyning ilmlar tasnifiga yondashishi o‘ziga hos bo‘lgan bu tasnifda shu sohada qadimgi Yunonistonni ilk bor bayon etilgan an-analar hamda Abu Abdulloh Xorazmiydan oldin o‘tgan o‘rta asr sharq olimlarining ilmlarini tartibga solish bo‘yicha qilgan ishlarining natijalari aks etgan. Abu Abdulloh Xorazmiyning bu asari o‘rta asrda fanlarning rivojlanish tarixiga molik kamyob manba sifatida davrimizning ko`pgina olimlarinig e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Abu Abdulloh Xorazmiyning yaratgan asarlari ichida aynan bizgacha еtib kelgan yagona asari ham manashu “Mafotih al – ulum” asari bo‘lib asar o‘sha davr fan tili hisolanmish arab tilida yozilgan asar hisoblanadi. Asarni yarishda Abu Adulloh Xorazmiy o‘sh davrda mavjud bo‘lgan har bir asosiy fan sohasini ilmiy nuqtai nazardan aniq bo‘lgan ma’lumotlar bilan izohlab berdi.

Abu Abdulloh Xorazmiyning hayoti yoli. Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Xorazmiy. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o‘tgan. U bu shaharlarda yashadi, ta’lim oldi va ilmning bir qancha jabhalarida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi 976-997 yillarda hukmronlik qilgan Somoniylar podshohi Nuh II ning vaziri Abu Hasan al-Utbiy (977-982) huzurida kotib bo‘lib xizmat qilgan davrida cho‘qqiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u mamlakat poytaxti Buxoroga tez-tez borib turgan va u еrda ko‘pgina allomalar bilan hamsuhbat bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Abu Abdulloh Xorazmiy 997 yilda vafot etgan.

Abu Abdulloh Xorazmiyning ilmiy faoliyatiAbu Abdulloh Xorazmiyning bizgacha еtib kelgan, ko‘pchilik asarlari singari o‘z davrining ilmi arab tilida bitilgan, yagona ma’lum bo‘lgan asari – “Mafotih al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asaridir. “Mafotih al-ulum”ning qo'lyozma nusxalari uncha ko‘p emas. Yaqin-yaqingacha uning to‘rt nusxasi bor deb hisoblab kelinadi. Ana shu to‘rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida hamda Berlin kutubxonasida saqlanadi.

Asrimizning 60-yillarida amriqolik olim Bosvart Turkiya kutubxonalarida ushbu asarning yana olti nusxasi borligini aniqladi. Bu olti nusxaning hammasi Istanbul shahrida-gi kutubxonalarda saqlanadi. Abu Abdulloh Xorazmiyning bu asari o‘rta asrlarda fanlarning rivojlanish tarixiga molik kamyob manba sifatida davrimizning ko‘pgina olimlarning e’tiborini o‘ziga jalb etdi.

Abu Abdulloh Xorazmiy “Ilmlar kalitlari” asariga kirish qismida: “Men bu asarni (“Mafotih al-ulum”ni) ikki qismdan iborat qilib tuzdim. Birinchi qism shariat va u bilan bog‘lik arab bo`lmagan, ya’ni yunonlar va boshqa halqlar ilmlariga bag‘ishlagandim”, deb yozgan edi.

Abu Abdulloh Xorazmiyning ilmlari tasnifiga yondashishi o‘ziga xos bo'lgan. Bu tasnifda shu sohada qadimgi Yunonistonda ilk bor bayon etilgan an’analar hamda Abu Abdulloh Xorazmiydan oldin o‘tgan O`rta asr Sharq olimlarining ilmlarni tartibga solish bo‘yicha qilgan ishlarining natijalari aks etgan. Abu Abdulloh Xorazmiyning ilmlar tasnifi umumiy shakli quyidagichidir:
I. Shariat va u bilan bog'lik, arab ilmlari.

1. Fiqh, ya’ni .

2. Kalom, ya’ni ilohiyat asoslari.

3. Grammatika

4. Ish yuritish.

5. She’riyat va aruz.

6. Tarix, ya’ni muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab borish ilmi.

II. “Arab bo'lmagan” ilmlar.

1. Nazariy falsafa.

a) tabiiy ilmlar;   

b) riyoziyot ilmlari;

v) ilohiy;

g) mantiq.

2. Amaliy falsafa.

a) etika;     b) uyshunoslik;     v) siyosat.

Abu Abdulloh Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asarida ilimlar tasnifi. Islom dini asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar.

Jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar O‘rta asrlarda rivojlanishning yuqori darajasiga еtdi. Tarixiy shart-sharoitlar taqozasi bilan ularning hammasi islom dini asoslarini tashkil etuvchi shar’iy ilmlarga taalluqli bo‘lgan. Boshqa olimlar singari Abu Abdulloh Xorazmiy ham shar’iy ilmlarga O`z asarini birinchi qismidagi olti bo‘limi bag‘ishlangan. Bu qism musulmon huquqshu-nosligiga taalluqli o‘n bir bobdan iborat fiqhdan boshlanadi. Unda islom qonunshunosligining asosi bo‘lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi qur’on, payg‘ambar so‘zlari, hiqmatli gaplari va hayotini aks ettiruvchi Sunnat; Hadis va uning xillari; Ijmo-islom jamoasining yaqdillik bilan tan olgan qarori; qiyos-qur’on va Sunnatda tegishli ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, avvalroq ushbu holda tutilgan yo‘l asosida xulosa qilinishi haqida gap yuritiladi. Ba’zi huquqshunoslar, Abu Abdulloh Xorazmiy fikricha, qiyosga, shariatga zid bo‘lmagan holatni ham qo‘shadilar.

Kalom. Abu Abdulloh Xorazmiy “Mafotih al-ulum” asaridagi birinchi qismning ikkinchi bo‘limi kalom ilmiga bag‘ishlangan bo‘lib, u еtti bobdan iborat.

Birinchi bobda kalomda ishlatiladigan falsafiy atamalarga qisqacha talqin beriladi va ular din ahli tomonidan qanday tushunilishi qayd etiladi.

 Abu Abdulloh Xorazmiy yashagan davrning o‘zida butun Yaqin va O‘rta Sharqda ko‘pgina mazhablar bo‘lib, ular o‘zaro kurash olib borar edilar. “Mafotih al-ulum” muallifi tomonidan еttiga bo‘lingan va bayon etilgan musulmon mazhablari haqidagi ma’lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Ana shu ma’lumotlar “kalom” bo‘limining “Musulmon arboblari va mazhablari ismlarini zikr etish” nomli ikkinchi bobda berilgan. Abu Abdulloh Xorazmiy bu bobda mazhablarni o‘zi va muallif fikricha ham qayd qilib o‘tadi: “Mo‘taziliylar − bu nom bilan haqiqatgo‘ylik va yakkaxudolik ahli namoyondalarini ataydilar va ular 6 firqadan iborat. Kalom bo‘limi islomda mavjud bo‘lgan diniy mazhablar va alalxusus, mu’taziliylar haqida mukammal ma’lumotlar borligi bilan diqqatga sazovordir. 

Bu bo‘limdagi qimmatbaho ma’lumotlar qatoriga islomdan oldingi Eron va Yaman, Hindistondagi diniy e’tiqodlar va mazhablarning qayd qilinishini ta’kidlab o‘tish kerak. Bu bo`limda Abu Abdulloh Xorazmiy obyektiv baho beruvchi din tarixchisi sifatida gavdalanadi. Islom dini Sharqda keng tarqalgan o‘sha davrdagi mazhablar haqidagi ma’lumotlarning bu qadar to‘liq bayon etilishi muallifning mustaqil fikr egasi va yirik olim ekanligidan dalolat beradi. Boshqa tomondan esa, bu ma’lumotlar Yaqin va O‘rta Sharqdagi hamda Markaziy Osiyodagi halqlarning dinlari tarixini o‘rganishda ham katta ahamiyatga egadir.

Grammatika. Arab xalifaligi arab adabiy tili muammolarini hal etishga e’tibor berishni talab qiladi. Arab yozma adabiyotini rivojlanishi ham bu masalaning kun tartibiga qo‘yili-shini taqazo etadi. Shuning uchun VII-IX asrlar davomida bu Arab xalifaligida ma-daniyatni rivojlantirish asosiy masalasi bo‘ldi. Xalifalikda turli qabilalarning ko‘pligi masalaning dolzarbligini yanada oshirdi. Ularning birlashishi nafaqat adabiy, balki siyosiy masalalarni ham hal qilardi.
Adabiy til grammatikasining ishlab chiqish masalasi qanchalik qiyin bo‘lmasin, X asrga kelib u muvaffaqiyatli hal qilindi. Arab tili qonun qoidalarni aniqlashda Abu Asad Duali va boshqa olimlarning hissalari katta bo‘ldi. Grammatika, ayniqsa, arablar ilmi va adabiyoti halqaro ahamiyatga va darajaga еtgan Abbosiylar davrida chuqur va mukammal o‘rganildi.

Arab tili grammatikasi rivojlanishiga, Iroqning ikki − Basra va Qufa shaharlaridagi ilmiy munozaralar va ularning jo‘shqin faoliyatlari katta ta’sir ko‘r-satdi. Basrada grammatikani o‘rganuvchi maktab paydo bo‘lishi iqtisod, adabiyot va san’at avj olishi davriga to‘g‘ri kelib, uning namoyondalari arab tili va grammatikasining nazariy masalalarini ishlab chiqishda juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Ushbu maktab vakillari sifatida Iso Sag‘ofiy, “Kitob al-Ayn” nomi bilan tanilgan birinchi arab muallifi Hamil ibn Ahmad (718-792), Sharqda va G‘arbda ko‘zga ko‘ringan barcha yirik arab grammatiklari tomonidan foydalanilgan va sharhlangan “al-kitob” muallifi Sibavayhni ko‘rsatish mumkin. “Al-kitob” Basra grammatik maktabi izlanishlarining yakuni bo‘lib, unda arab grammatikasining mukammal tartibi tugal shaklda berilgan. Ushbu maktab vakillari sifatida al-Asma’iy, uning shogirdi, fiqh va filologiya bilimdoni Abu Ubayd, klassik arab tili haqidagi Mubarrad va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

Ish yuritishIsh yuritishga bag‘ishlangan to‘rtinchi bo‘lim devon, ya`ni davlat yuritish bo‘limlarining daftarlarini sharhlashdan boshlanadi. So‘ngra soliq nomlari, ularni yozib borish va olinishi, Somoniylar davlatida xalqdan olinadigan hamma soliq turlari, soliq yig‘uvchilarning vazifalari, soliq yig‘ish yo‘li va hajmi, davlat omborlarida foydalaniladigan eng umumiy va ma’lum og‘irlik o‘lchovlari mukammal tavsif qilinadi.

She’riyat va aruz. Besh bobdan iborat she’riyat va aruz beshinchi bo‘limda ko‘rib o‘tilgan. Avval aruz asoslari va uning bir necha ko‘rinishdagi o‘n besh xili haqida fikr yuritilgan, joxiliya, ya’ni islomgacha bo‘lgan klassik arab shoirlari she’rlaridan namunalar keltirilgan. So‘ngra she’riy o‘lchovlar (vazn), undagi ba’zi bir kamchiliklar, qofiya va she’riyat taqrizi, ya’ni badiiy til bilan qiziqish, arab she’riyatining ko‘pgina namoyondalari xususida to‘xtab o‘tilgan.

Tarix. Muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab borish haqidagi fan sifatida tarixni Abdulloh Xorazmiy o‘z asrining birinchi, ya’ni “arab ilmlari” qismiga kiritgan. Hamda unda islomgacha bo`lgan va islomdan keyingi davr tarixini, qisqacha Eron, Rum tarixini bayon qilganda o‘z davri an’anasiga binoan podshohlar sulolasiga alohida e’tibor bergan.

Arab bolmagan fanlar. Abu Abdulloh Xorazmiy “arab bo‘lmagan” fanlarning boshqa ajoyibroq bayonini taqdim etadi. Bu holatda avval falsafa va mantiq, so‘ngra tibb, arifmetika, handasa, ilmu-n-nujum, musiqa mexanika va kimyo keladi. Arastu kabi Abu Abdulloh Xorazmiy ham falsafani nazariy va amaliy qismlarga bo‘ladi. Nazariy qismi ham o‘z navbatida uchga: tabiiyot, riyoziyot, ilohiyotga bo‘linadi. Falsafaning amaliy qismida Abu Abdulloh Xorazmiy “odam o‘zini boshqarishi”, ya’ni etika “uyni boshqarish”, ya’ni uyshunoslik va “jamoatni boshqarish”, ya’ni siyosatni qurib o‘tadi va ularni shu “Mutaxassislik bilan shug`ullanuvchilar masalasidir” deydi. Falsafiy atamalarni sharh-lashda Abu Abdulloh Xorazmiy o‘z davri falsafasi yutuqlarini umumlashtiradi. Abu Abdulloh Xorazmiy o‘zining nazariy ilmlari tartibida har qanday tafakkur, ilmiy bilimning zaruriy ibtidosi sifatida aks etgan mantiq masalalarini ham o`rganadi. Abu Abdulloh Xorazmiy o`zining ilmlari tasnifi nazariy falsafaga tabiiy ilmlar va riyoziyot ilmlarini kiritib, birinchi guruh, tibb, mineralogiya, asarda alohida qayd etilmagan bo‘lsa ham, al-kimyo va mexanikadan iborat deb hisoblaydi. 

“Tibb qonunlari” asari bunyodkoridan oldin yashagan Abu Abdulloh Xorazmiy tibbga sakkiz bobdan iborat ikkinchi qismining uchinchi bo‘limini bag‘ishladi. Abu Abdulloh Xorazmiy asrida arifmetika besh bobdan iborat. Nazariy arifmetikaning birinchi bo‘limi alohida miqdor haqidagi ta’limotga “Mafotih al-ulum”ning birinchi bobi bag‘ishlangan. “Mafotih al-ulum”dagi handasa ilmi to‘rt bobdan iborat. Abu Abdulloh Xorazmiy fanlarning amaliy qismga taalluqli hisoblagan birinchi bob.

“Ushbu san’atga kirish” deb ataladi. Abu Abdulloh Xorazmiy “Chiziqlar” deb nomlangan ikkinchi bobda chiziqlar xususida to‘xtalib, chiziqlar uch xil bo‘ladi, ya’ni to‘g‘ri, botiq va yoysimondir, -deydi. “Mafotih al-ulum” muallifi uchinchi bobni yassi geometrik shakllarga bag‘ishlaydi. Abu Abdulloh Xorazmiyning “Musiqa” haqidagi bo‘lim uch bobdan iborat “Musiqaviy asboblar nomlari va ular bilan bog‘lik bo‘lgan narsalar haqida” deb nomlagan. Abu Abdulloh Xorazmiyning “Mafotih al-ulum-ning” ikkinchi qismidan o‘rin olgan mexanika bilan yakunlanadi. Abu Abdulloh Xorazmiy kimyoning turli masalalarini tadqiq qilib, uni keng yoritgan va unga o‘z asarining ikkinchi qismidagi oxirgi bo‘limini bag‘ishlagan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, haqiqatan ham milodning IX-XI asrlari Markaziy Osiyoda tabobat va kimyo ilmlarini chuqur organib, ularni rivojlan-tirgan Abu Bakr Roziy, buyuk faylasuf Abu Nasr Forobiy, ilmu-n-nujum va jogrofiya fanlarining taraqqiyotiga munosib hissa qoshgan Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nasir Fargoniy, olamga mashhur xoziq tabib Abu Ali ibn Sino kabi buyuk allomalar davri edi. Abu Abdulloh Xorazmiy oz otmishdoshlarining ilmiy bilishlari haqidagi fikrlarini ma’lum darajada umumlashtirdi va boyitdi. Abu Abdulloh Xorazmiy tinmay mehnat qilib yirik tadqiqotlar olib borgan va kimyo tarixi, xususan Yaqin va Orta Sharq mamlakatlari kimyosi bilan tanishishga haraqat qiladi. Umuman olganda, Abu Abdulloh Xorazmiy oz davri tabiiy va riyoziyot ilm-larini yaxshi bilgan. Abu Abdulloh Xorazmiy tasnifining oziga xos xususiyati – bu oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga otishdir. Shunday qilib, Abu Abdulloh Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asari oziga xos qomusiy asar bolib, osha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini qamrab olgan. Muallif orta asrlardagi har bir fan mazmunini asosiy voqealarini sharhlash yoli bilan tushuntirib bergan.

 

Imomiddin BOBOQULOV 

Oriental universiteti Lingvistika (arab tili) fakulteti 1-kurs magistranti,

Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.  Manaviyat yulduzlari. – Toshkent, 2001.

2. Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: “O‘zbekistin milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti 2004.

3. Bahodir R. Abu Abdulloh Xorazmiy va ilmlar tasnifi tarihidan. – Toshkent, 1995.

Izoh qoldirish