30.09.2024

“Islom – ezgulik va tinchlik dini” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga barchani taklif qilamiz

#Xalqaro_konferensiya

“Islom – ezgulik va tinchlik dini” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga barchani taklif qilamiz

📅 2024-yil 15-16-oktabr kunlari dunyo ilm-fan namoyondalarining diqqat-eʼtibori yana yurtimizga qaratiladi.

📍Toshkent va Xiva shaharlari “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qiladi.

Mazkur anjumanda islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, yurtimizda koʻzga koʻringan ilm-fan arboblari bilan bir qatorda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 80 dan ortiq ulamolar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etadilar.

📰 Konferensiya ishi musulmon mamlakatlari, AQSH, Yevropa, Turkiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli nashrlarida, shuningdek, mahalliy telekanallar, gazeta va jurnallar hamda internet nashrlari orqali keng yoritib boriladi.

📌Mazkur nufuzli xalqaro konferensiyada barchangizni kutib qolamiz.

Videorolik bu yerda👉https://www.youtube.com/watch?v=fcL-k6nHl-k

✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Izoh qoldirish