Vijdon erkinligining mohiyati
Vijdon erkinligi kontseptsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida ishlab chiqilgan bo'lib, har bir inson erkin fikrlash, xohlagan dinga e'tiqod qilishi yoki umuman hech bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga haqli ekanligi ko'rsatilgan. Bu insonning dini va e'tiqodini o'zgartirish hamda o'z dinini jamiyatda namoyon qila olish erkinligini jamoat joylarida bo'lsin, yoki xususiy joylarda, ta'lim jarayonlarida, ibodatlarda namoyon etish huquqini ta'minlaydi. Ushbu tushuncha mazmuni shundan iboratki, har bir inson o'z fikri, dini yoki e'tiqodini tanlash, ularni o'zgartirish uchun qonun yoki odat bilan cheklanmagan to'liq erkinlikka egadir. Inson o'z fikrlari va qarashlarini majburan yoki jamiyatdagi biron bir shaxs tomonidan taqiqlanmagan holda shakllantirishda erkindir. Demokratik davlatda vijdon erkinligi o’z navbatida so'z erkinligini ham o'z ichiga oladi. Bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida belgilangan. Vijdon erkinligi tartibning xususiyatlari va talablaridan biridir. Demokratik davlatlarning konstitutsiyalarida vijdon erkinligining mavjudligi, fuqarolik va demokratik davlat bilan avtoritar yoki teokratik davlatni ajratib turadigan mezon sifatida qabul qilinadi, bu yerda davlat dini yoki mazhab asoslariga asoslanib cheklovlar yoki nazorat o'rnatishga haqli emas. Masalan, davlat va siyosiy lavozim vakillari o'z fuqarolariga diniy asosda emas, balki fuqarolik asosida munosabatda bo'lish huquqiga ega va shuning uchun u turli mafkura odamlariga o'zlarining diniy marosimlari va unda bo’ladigan o'z huquqlaridan foydalanishga imkon berishlari kerak. Bular har bir demokratik davlatning konstitutsilarida belgilab qo’yilgan.
✍️ Sa’dulla Boboxodjayev - Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi manbashunoslik bo’limi ilmiy xodimi
Izoh qoldirish