XUSHXABAR: Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2021-YILNING "ENG SHAFFOF NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI" deb topildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi PF–6181-son «2021 – 2025- yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonining 5-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi belgilangan. Mazkur indeks nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan tuziladi.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti tasdiqlandi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini shakllantirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik darajasini baholash metodikasi ishlab chiqildi.
Mazkur metodika asosida 100 dan ortiq respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2021 yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan baholash ishlari amalga oshirildi.
Baholash natijasiga ko‘ra 2021 yil bo‘yicha «Eng shaffof nodavlat notijiorat tashkilotlari top – 20» ro‘yxatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham e'tirof etildi.
Baholash natijalari bilan to‘liq quyida tanishing👉 http://ngo.uz/uz/2021-yil-buyicha-nodavlat-notizhorat-tashkilotlari-urtasida-ochiklik-indeksi-elon-kilindi
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati
Izoh qoldirish