Bilganiga amal qilganlaring eng yaxshilaringdir
25-FASL
Bilganiga amal qilganlaring eng yaxshilaringdir
Yaratilishdan maqsad to’g’risida o’yladim. U bo’yin egish, qosir va ojiz ekanligini bo’yin olishdir.
Olimlar va zohidlarni ikki safga bo’ldim.
- Olimlar safiga Molik, Sufen, Abu Hanifa, Shofi’iy va Ahmadni qo’ydim.
- Obidlar safiga Molik ibni Dinor, Robi’a, Ma’riful Karxiy va Bishr ibni Horisni qo’ydim.
Obidlar ibodatga astoyidil bel bog’laganda ularga qarab hol tili shunday dedi: “Sizlarning ibodatlaringizning manfaati o’zlaringdan o’tmaydi, balki olimlarning nafi tegadi. Ular payg’ambarning merosxo’rlari, Allohning yerdagi xalifalari. Bir narsani hal qilish ularning bo’yniga, fazl ularniki, shikasta hol va siniq bo’linglar va bu holning to’g’ri ekanini bilinglar. Molik ibni Dinor Hasandan kelibta’lim oldi va “Hasan mening ustozim”, dedi.
Ahmad ibn Hanbal aytdilar: “Ilmdan maqsad-yaxshilikka erishmoqdir”. Sufyon Savriy aytadilar: “Qani edi, qo’lim kesilsa-yu, hadis yozmasam”.
Ummu Dardo bir odamga: Bilganingga amal qildingmi? dedilar. U odam “Yo’q”, deb javob qildi. “Bo’lmasa sen Allohning hujjatini o’zingga ko’paytirasan”, dedilar.
Abu Dardo aytadilar: “Bilmay amal qilmaganning holiga bir marta voy, bilib turib amal qilmaganning holiga yetmish marotaba voy”.
Fuzayl Aytadilar: “Olimdan bir gunoh kechirilganda, johildan yetmish gunoh kechiriladi”.
Abbosxon Abdullayev - Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
Izoh qoldirish